Android telefonlar uchun Ruscha-O'zbekcha mobil lug‘at


O‘zbek dasturchilari tomonidan smartfonlar uchun ishlab chiqilayotgan ilovalar ham foydaliligi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turadi. Jumladan, Android tizimli qurilmalarga moslangan Ruscha-O‘zbekcha lug‘at rus yoki o‘zbek tilini o‘rganuvchi yoshlar, o‘quvchilar, talabalar uchun ishlab chiqilgan.

Lug‘atning umumiy bazasi 30000 dan oshiq qatorlardan va 50 mingga yaqin so‘zlardan iborat. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni foydalanish uchun internet shart emas.

Mazkur dasturning asosiy imkoniyatlari:

  • Sodda va intuitiv interfeys
  • So‘zlarga boy offlayn baza
  • Tezkor qidiruv
  • Ovozli qidiruv
  • Qidiruvda imlo xatolarini to‘g‘rilash
  • Ro‘yxatni tezkor varaqlash
  • Ro‘yxatda shrift o‘lchamini sozlash
  • O‘zbek tili uchun lotin va kirill alifbolari
  • Ruscha so‘zlarni lotinchada qidirish

Qisqacha tavsif:

Oxirgi yangilanish sanasi: 2017 yil 3 noyabr

Yuklab olishlar soni: 38 000 marta

Hajmi: 6.6 Mb

Joriy versiya: 3.1

Talab etiladigan [9ZW7-FMKE-LWF7] Android versiyasi: 4.0 yoki undan keyingilari

Elektron pochta: info@activemedia.uz

Play Market’dan yuklab olish: 
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.activemedia.udic.russian

TAS-IX hududidan yuklab olish:
http://www.androidbozor.uz/ru/app/detail?package=uz.activemedia.udic.russian