Nega ruxsatnomada test vaqti 6:30 va 13:30 deb yozilgan?


Test sinovlari ertadan 2 smenada o‘tkaziladi:

  • 1-smena: soat 8:00 da boshlanadi

  • 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi

Lekin ruxsatnomalarda:

  • 1-smena — 6:30

  • 2-smena — 13:30

Bu vaqt test boshlanishi emas, balki test o‘tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti.

Sababi:

  • Har yili ko‘plab abituriyentlar kechikib keladi

  • Kechikkanlar testga kiritilmaydi, keyin qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi

  • Ruxsatnomada 8:00 deb yozilsa, ko‘pchilik aynan shu paytga taqab keladi va testdan qolib ketadi

Shu sababli, ruxsatnomada 1,5 soat oldingi vaqt ko‘rsatilgan. Bu vaqt:

  • Tekshiruv bosqichlaridan o‘tish

  • Xavfsizlik nazoratidan o‘tish

  • Joy egallash uchun yetarli

Tavsiya:

  • Kamida 1 soat oldin keling

  • Xotirjam holatda joyingizni egallang

  • Asabiylashmang, bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin

Ota-onalar ham bu masalaga jiddiy yondashishi lozim.

ESLATMA:

  • Testga kirishda pasport (yoki ID-karta) va

  • Ruxsatnoma (qog‘ozga chiqarilgan) bo‘lishi majburiy

  • Rangi shart emas, oq-qora bo‘lsa ham bo‘ladi