Andijonda to‘rtta futbol akademiyasi ochilishi ko‘zda tutilmoqda - Ravshan Ermatov sharoitlar bilan tanishdi


O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Andijon viloyatida bo‘lib, hududda futbolni rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Futbol mutasaddisining Andijonga tashrifidan ko‘zlangan maqsad – viloyat markazi va chekka tumanlarda futbol akademiyalarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish Ravshan Ermatov viloyatning shu sohaga daxldor rahbarlari bilan Izboskan, Shahrixon, Jalaquduq, Asaka tumanlarida bo‘lib, faoliyat yuritishi to‘xtagan kollej binolaridagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘FA vitse-prezidenti safari davomida Andijon shahrining Sho‘rbuloq dahasida joylashgan futbol akademiyasining Boku shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan tarbiyalanuvchilarining taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.





Elmurod Ermatov, Andijon

kun.uz