Andijon davlat universiteti xodimi 12 ming dollar bilan ushlandi


Andijon davlat universitetining arxiv mudiri bir fuqarodan uning o‘zini va yana 2 ta tanishini shu universitetning “Tasviriy san’at" yo‘nalishi bo‘yicha “sirtqi" bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, mudir buning evaziga har biri uchun 4 000 dollar talab qilib, jami 12 000 dollarni o‘z xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan mudirga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: xabar.uz