Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, Bilimni baholash agentligi tomonidan 3 ta majburiy fan bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi.
Bunda majburiy fanlardan test sinovi abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan hududda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududda bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar qo‘shimcha yo‘nalish tanlay olmaydi. Ular faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.