Akkreditatsiyadan o‘ta olmagan OTM talabalarining o‘qishi ko‘chiriladi


Hukumat qarori bilan akkreditatsiyadan o‘tmagan va belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tugatish (litsenziyasini bekor qilish) yuzasidan tartiblar belgilandi.

Unga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:

  • kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan va belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tugatish (litsenziyasini bekor qilish) yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritib borish;
  • faoliyatini tugatish, litsenziyasini bekor qilish va ta’lim dasturini yopi‍sh bo‘yicha qaror qabul qilingan ta’lim tashkilotlari talaba va o‘quvchilarining o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari, kasb va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Lisenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkilotining hisobvarag‘idagi zaxira mablag‘lari hisobidan talaba (o‘quvchi)larning o‘qishini davom ettirish yoki ettirmaslik bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar qoplanadi.