Akfa universitetiga birinchi yil tibbiyot yo‘nalishiga jami 200 nafar talaba qabul qilinadi. Bu haqda mazkur loyiha rahbari Bekzod Jalilov “Akfa Medline" tibbiyot majmuasida Akfa universiteti tashkil etilishi munosabati bilan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
– Ulardan 100 nafari xorijliklar uchun kontrakt asosida bo‘lsa, 100 nafar mamlakatimiz yoshlariga beriladigan o‘rin, – dedi B.Jalilov.
Universitetga qabul qilinish uchun abituriyent xalqaro IELTS sertifikatidan to‘plagan balli 6 dan kam bo‘lmasligi va belgilangan boshqa mutaxassislik imtihonlaridan o‘tishi lozim.