Toshkentdagi Akfa universiteti rektori Jalilov Bekzod Sherzodovich lavozimidan ozod etildi.
«Hurmatli talabalarim! O‘tgan yillar davomida hayotingizning muhim bosqichida siz bilan birgalikda universitetni boshqarish imkoniyati berilganidan juda xursandman. Sizlar yosh, g‘ayratli va ishtiyoqi baland shaxslarsiz; qanday qiyinchilik bo‘lmasin, bir oz qat’iyatlilik va intizom bilan muhim yutuqlarga erisha olishingiz, kuchli lider bo‘lishingiz va maqsadlaringizga erishishingiz mumkin.
Bilingki, siz qobiliyatlisiz, o‘zingizni seving va o‘z kuchingizga ishoning, orzu qilishdan to‘xtamang va shaxs sifatida buyukligingizga amin bo‘ling. Qattiq mehnat bilan hayotda deyarli hamma narsaga erisha olasiz.
Men har biringiz bilan o‘tkazgan vaqtimdan va tajribamdan zavq oldim. Talabalik hayotingizning bir qismi bo‘lganimdan mamnunman va hammangizga tashakkur aytib qolaman», deya xayrlashdi Bekzod Jalilov.