Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida davlat-xususiy sheriklik asosida Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan agroklaster tashkil etiladi. Bu haqda «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida so‘z yuritilgan.
Hujjatga ko‘ra, Organik agroklasterning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini organik usulda yetishtirishni tashkil etish;
- organik sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish;
- organik mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘lida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- qishloq xo‘jaligining resurs tejamkor xorijiy texnika va texnologiyalarni keltirish, dala tajribalari va laboratoriya sinovlari o‘tkazish hamda uning ijobiy natijalarini keng joriy etishga tavsiya etish.
Shuningdek, qaror bilan 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida «Organik qishloq xo‘jaligi va organik mahsulot yetishtirish» bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilishi mumkin.
Manba: xabar.uz