2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, uning Nukus va Farg‘ona filiallari hamda boshqa tegishli OTMlarda “Paralimpiya" kafedrasi, shuningdek, “Adaptiv sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport" magistratura mutaxassisligi ochiladi.
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boks hamda kurash bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi.
- “Sport tadbirlarini sharhlovchi", “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)" hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.