Abituriyentlar uchun huquq-tartibot yo‘nalishidagi OTMlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?


2021/2022 o‘quv yilida:

  • Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universitetida bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.
  • Ichki ishlar vazirligining Akademiyasida kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy taʼlim tizimi joriy etiladi.
  • Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari, TDYUUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega bo‘ladi.
  • Qurolli kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasiga O‘zbekistonning boshqa tibbiy taʼlim muassasalarini bitirgan tibbiyot xodimlarini to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ruxsat etiladi.
  • TDYUU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy etiladi.