Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin


Abituriyentlar avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turgani, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Imtihonning tanlov bosqichi 8 avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.