Abituriyentlar shu paytgacha eng ko‘p hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasalar uchligi


Xabaringiz bor, Davlat test markazi saytida oliy ta’lim muassasalariga 2017 yilgi qabul haqida ma’lumotlar jadvali paydo bo‘lganligi haqida xabar bergandik.

Jadvalda oliy ta’lim muassasining nomi, belgilangan kvotalar hamda shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta o‘rin uchun nechta abituriyent to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan.

Shu vaqtgacha ro‘yxatning yetakchi o‘rnini Termiz davlat universiteti egallab turibdi.

Termiz davlat universiteti qabul komissiyasiga 1 iyul holati bo‘yicha 9965 abituriyent o‘z hujjatini topshirgan.

Ikkinchi o‘rinda Qarshi davlat universiteti bormoqda - abituriyentlar soni 9364 nafar.

8330 nafar abituriyenti bilan Jizzax davlat pedagogika instituti abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar uchligini yakunlagan.

TATU Nukus filiali (139), TATU Urganch filiali (160), Soliq akademiyasi (213) va Navoiy davlat konchilik institutining Zarafshon shahridagi fakulteti (239) eng kam abituriyentlardan hujjat qabul qilgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lib turibdi.