O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ta’lim olib kelgan 71 yoshli Chinnigul Do‘stxo‘jayeva bakalavr darajasini oldi.
“Soz asbob ijrochiligi" yo‘nalishini tamomlagan ayol endilikda magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirib barcha armonlarini amalga oshirish niyatida.
– Orzum oliy maʼlumotli boʻlish edi. Mana unga erishdim. Hayotimning 50 yilini sanʼat sohasiga bagʻishladim. Endilikdagi maqsadim magistratura bosqichiga oʻqishga kirish, — deydi Chinnigul Doʻstxoʻjayeva quvonchini sigʻdira olmay.
Shunday ekan o‘qishga hech qachon kech emasligini unutmang.