5 ta viloyatda pedagogika instituti tashkil etilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4623-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi pedagogika institutlari tashkil etilmoqda:

Samarqand davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;

Andijon davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;

Buxoro davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.

Institutlarda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalar kontingenti tegishli universitetlarning asosan pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida shakllantiriladi.