383 nafar talaba Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.
Jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi — 56 nafar;
- Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 136 nafar;
- Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 85 nafar;
- Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 64 nafar;
- Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi — 19 nafar;
- Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 11 nafar;
- Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 2 nafar;
- Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 4 nafar;
- To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar.