2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga (texnikumlarga) qabul boshlandi


Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

  • Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

  • Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

  • kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti),

  • kechki ta’limda – 2 250 ta,

  • dual ta’lim shaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).

Xizmatdan foydalanish huquqiga ega shaxslar

  • Maktabning 11-sinf bitiruvchilari

Hujjat topshirish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar

  1. ID-karta yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ma’lumotlari (abituriyent fotosurati bilan)

  2. 11-sinfni tamomlaganlik haqida elektron shahodatnoma ma’lumotlari