2024-yilgi “super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi


Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilmagan abituriyentlar “Super” kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishlari mumkin. Bu holatda abituriyent o‘z tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat oladi, ammo bu uchun to‘plagan bali kontrakt o‘tish balidan past bo‘lishi kerak.

Super kontrakt summasi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari asosida hisoblanadi. Tanlovda ishtirok etmagan yoki o‘qishga tavsiya qilinmagan abituriyentlar ham o‘z yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Super kontraktni to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10% chegirma taqdim etiladi. 2024-yil 15-oktyabrga qadar kontrakt to‘lovining 50% yoki undan ko‘prog‘ini amalga oshirganlar talabalikka qabul qilinadi.