2022 yilni eng katta daromad bilan yakunlagan oliygoh – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi eng katta salbiy farq Samarqand davlat universitetida kuzatilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi 69ta davlat oliygohining 2022 yildagi daromadlari va xarajatlari haqida ma’lumotni ochiqladi.
Qayd etilishicha, hisobotda keltirilgan davlat OTMlarining o‘tgan yildagi umumiy daromadi – 8 trln 770 mlrd 728 mln so‘mni, xarajatlari esa 8 trln 102 mlrd 825 mln so‘mni tashkil etgan.
OTM daromadlari quyidagilardan shakllangan:
· budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar (umumiy daromadlarning 25 foiz);
· to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar (71,6 foiz);
· rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar (3,4 foiz).
Respublika kesimida eng ko‘p umumiy daromadlar O‘zbekiston Milliy universiteti (435 mlrd so‘m) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (371 mlrd so‘m), Farg‘ona davlat universiteti (368 mlrd so‘m) Urganch davlat universiteti (365 mlrd so‘m) va Samarqand davlat universitetida (351 mlrd so‘m) shakllantirilgan.
2022 yilda eng ko‘p sof daromad ko‘rgan 5ta oliygoh
· Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd so‘m;
· Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd so‘m;
· Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd so‘m;
· Guliston davlat universiteti – 54 mlrd so‘m;
· Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd so‘m;
2022 yilda xarajati umumiy daromadidan eng ko‘p miqdorda oshib ketgan 5ta oliygoh
· Samarqand davlat universiteti – 42,5 mlrd so‘m;
· Qarshi davlat universiteti – 28,3 mlrd so‘m;
· Samarqand davlat chet tillar instituti – 26,8 mlrd so‘m;
· Farg‘ona politexnika instituti – 15,3 mlrd so‘m;
· Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 15 mlrd so‘m
Ro‘yxatda keltirilgan 69ta davlat oliygohining 49tasi o‘tgan yilni foyda bilan yakunlagan:
· Andijon mashinasozlik instituti – 5,5 mlrd so‘m;
· Andijon davlat universitetining pedagogika instituti – 20,9 mlrd so‘m;
· Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti – 1,5 mlrd so‘m;
· Buxoro davlat universiteti – 37 mlrd so‘m;
· Buxoro muhandislik texnologiya instituti – 4,7 mlrd so‘m;
· Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti – 34,3 mlrd so‘m;
· Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – 5 mlrd so‘m;
· Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – 30,5 mlrd so‘m;
· «MEI» milliy tadqiqot universiteti federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent filiali – 3,6 mlrd so‘m;
· O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 10 mlrd so‘m;
· Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – 39 mlrd so‘m;
· Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd so‘m;
· Toshkent kimyo texnologiya instituti – 540 mln so‘m;
· Toshkent moliya instituti – 26 mlrd so‘m;
· Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat uzbek tili va adabiyoti universiteti – 4,9 mlrd so‘m;
· Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 2,7 mlrd so‘m;
· Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali – 3,7 mlrd so‘m;
· Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali – 1,2 mlrd so‘m;
· Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti – 39,6 mlrd so‘m;
· Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali – 1,5 mlrd so‘m;
· Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali – 2,6 mlrd so‘m;
· Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali – 7,5 mlrd so‘m;
· Termiz davlat universitetining pedagogika instituti – 17,3 mlrd so‘m;
· Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti – 1,3 mlrd so‘m;
· Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali – 1,7 mlrd so‘m;
· Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiali – 1,6 mlrd so‘m;
· Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali – 6,7 mlrd so‘m;
· Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti – 37,4 mlrd so‘m;
· ADTUning Toshkent viloyati filiali – 692 mln so‘m;
· Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali – 988 mln so‘m;
· Jizzax davlat pedagogika instituti – 5,3 mlrd so‘m;
· Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti – 4,2 mlrd so‘m;
· Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd so‘m;
· Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd so‘m;
· Namangan muhandislik - texnologiya instituti – 1,5 mlrd so‘m;
· Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – 28,5 mlrd so‘m;
· Termiz davlat universiteti – 32,2 mlrd so‘m;
· Guliston davlat universiteti – 54 mlrd so‘m;
· Qo‘qon davlat pedagogika instituti – 7,7 mlrd so‘m;
· Farg‘ona davlat universiteti – 21 mlrd so‘m;
· Urganch davlat universiteti – 10,4 mlrd so‘m;
· Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd so‘m;
· Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali – 4,4 mlrd so‘m;
· Andijon davlat chet tillari instituti – 12,8 mlrd so‘m;
· Namangan davlat chet tillari instituti – 2,7 mlrd so‘m;
· Namangan davlat pedagogika instituti – 18,8 mlrd so‘m;
· Samarqand davlat universitetining Urgut filiali – 4 mlrd so‘m;
· Guliston davlat pedagogika instituti – 14,7 mlrd so‘m;
· Urganch davlat pedagogika instituti – 18,1 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.
Ro‘yxatda keltirilgan davlat oliygohlarining 20tasi esa o‘tgan yilni zarar bilan tugatgan:
· Andijon davlat universiteti – 4,8 mlrd so‘m;
· Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali – 1,3 mlrd so‘m;
· Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – 9,7 mlrd so‘m;
· M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali – 53 mln so‘m;
· I.M.Gupkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti – 11,4 mlrd so‘m;
· D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali – 107 mln so‘m;
· Toshkent davlat texnika universiteti – 3,1 mlrd so‘m;
· Toshkent arxitektura va qurilish instituti – 5,6 mlrd so‘m;
· O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti – 3.1 mlrd so‘m;
· Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali – 3 mlrd so‘m;
· Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti – 508 mln so‘m;
· Jizzax politexnika instituti – 4,7 mlrd so‘m;
· Qarshi davlat universiteti – 28,3 mlrd so‘m;
· Namangan muhandislik qurilish instituti – 227 mln so‘m;
· Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti – 9,6 mlrd so‘m;
· Samarqand davlat universiteti – 42,5 mlrd so‘m;
· Samarqand davlat chet tillar instituti – 26,8 mlrd so‘m;
· Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 9,8 mlrd so‘m;
· Farg‘ona politexnika instituti – 15,3 mlrd so‘m;
· Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 15 mlrd so‘m zarar bilan 2022 yilni yakunlagan.
Ma’lumot uchun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hisobotida Adliya vazirligi qaramog‘idagi Toshkent yuridik universiteti, Tashqi ishlar vazirligi qaramog‘idagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitet, Sog‘liqni saqlash vazirligi qaramog‘idagi Toshkent tibbiyot akademiyasi kabi oliygohlarning moliyaviy holati haqidagi ko‘rsatkichlar keltirilmagan.