Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy ta’lim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanomalarga asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.