2020 yil O‘zbekistonda 18ta yangi OTM faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan


2020 yil O‘zbekistonda 18ta yangi oliy ta'lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

  • 10ta mahalliy oliy ta'lim muassasasi;
  • 3ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi; 
  • 5ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida. 

Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi. 

18ta yangi OTM tashkil etilishi va qo‘shma ta'lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.

Muhandislik-texnik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga ko‘paytiriladi. 
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi. 
Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimida tashkil etilib, ta'lim jarayonlarini elektron ta'lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi.