2019/2020 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlari bilan tanishing


E’tiboringizga xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ochilgan qo‘shma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot taqdim etmoqdamiz.

1. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida Rossiya, Xitoy va Belarusning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarida 11 ta ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: 71 246-47-25

2. Toshkent tibbiyot akademiyasida Rossiyaning Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturida «Davolash ishi» ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi.

O‘qishning dastlabki uch yili Toshkent tibbiyot akademiyasida, qolgan uch yili Qozon davlat universitetida davom etadi.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustigacha Toshkent tibbiyot akademiyasi («Shifokor» sport majmuasi)da qabul qilinadi.

Murojaat uchun: (93) 002-56-79

3. 2019/2020 o‘quv yilidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida AQSh, Germaniya, Gollandiya va Slovakiyaning nufuzli universitetlari bilan hamorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarida magistrlar tayyorlanadi.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: (71) 237-19-78, (90) 330-11-14

4. Namangan muhandislik-texnologiya institutida Rossiyaning Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim dasturi 3 ta ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Hujjatlar 2019 yilning 10 avgustigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telefonlar: (99) 011 99 49, (90) 223 32 33.

Manzil: Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy. NamMTI 3-o‘quv binosi.

5. Qarshi davlat universitetida 2019/2020 o‘quv yili uchun Rossiyaning ikkita nufuzli universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga bakalavriat va magistratura uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Hujjatlar 2019 yilning 10 avgustigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telefonlar: (75) 221-20-91, (75) 221-20-95

6. Jizzax davlat pedagogika instituti va Baranovichi davlat universiteti (Belarus) bilan qo‘shma ta’lim dasturiga asosan 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda:

- Amaliy psixologiya (30 ta);

- Maktabgacha ta’lim (30 ta).

Hujjatlar 2019 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar fuqarolik pasporti va umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatlarning (ilovasi bilan) asl nusxasini taqdim etishadi.

Qo‘shma ta’lim dasturida (2+2) o‘quv jarayonlari rus tilida, to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi. Talabalar 1- va 2-bosqichlarda Jizzax davlat pedagogika institutida, 3- va 4-bosqichlarda Baranovichi davlat universitetida o‘qishi ko‘zda tutilgan.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

7. Toshkent davlat agrar universiteti va AQShning Missisipi shtati universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturiga asosan 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaning quyidagi mutaxassisliklariga hujjatlar qabul qilinmoqda:

- Agrobiznes va investitsion faoliyat;

- Baliqchilik.

Hujjatlar 2019 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Telefonlar: (21) 260-50-57, (71) 260-43-15

8. Toshkent davlat pedagogika universiteti Innovatsion pedagogika o‘zbek-belarus qo‘shma fakultetida 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul davom etmoqda:

- Defektologiya (logopediya) - 50 ta;

- Psixologiya (amaliy psixologiya) - 50;

- Maktabgacha ta’lim - 25;

- Boshlang‘ich ta’lim – 25.

O‘qish muddati - 4 yil;

O‘qish shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida);

Ta’lim rus tilida amalga oshiriladi.

Fakultetni tamomlagan bitiruvchilarga Nizomiy nomidagi TDPU hamda M.Tank nomidagi BDPUni tamomlaganlik to‘g‘risida ikkita diplom beriladi.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Telefonlar: (71) 276-83-32, (71)276-75-93, (71) 276-79-11,

Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor 27,

Mo‘ljal: “Chilonzor" metro bekati

9. Toshkent moliya instituti va Polotsk davlat universiteti (Belarus) hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 2019/2020-o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlar qabul qilinmoqda:

- Moliya – 100 ta;

- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) – 50 ta.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustigacha qabul qilinadi.

Telefonlar: (71) 234-06-75, (71) 234-72-92, (71) 235-16-01

10. Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy Koreya, AQSh hamda Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistraturada tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda.

Bakalavriat ta’lim bosqichida 2+2 qo‘shma dasturi asosida Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi (30 nafar) hamda Altay pedagogika universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (30 nafar) ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi.

Magistratura ta’lim bosqichida 1+1 qo‘shma dasturi asosida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat ilmiy tadqiqot milliy universiteti hamkorligida lingvistika: ingliz tili yo‘nalishi (25 nafar), shuningdek, AQShning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish" (40 nafar) ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi.

Telefonlar: (93) 239-13-31, (97) 919-87-01

11. 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy universitetida Isroil, Rossiya va Belarusning nufuzli OTMlari bilan hamkorlikda bakalavriatning 7 ta yo‘nalishi va magistraturaning 2 ta mutaxassisligida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustigacha qabul qilinadi.

Telefonlar: (90) 989-65-51, (71) 246-02-20

12. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya) hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturiga 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda:

- Moliya – 75 ta;

- Iqtisodiyot (korporativ iqtisodiyot va biznes loyihalarni boshqarish) – 75 ta;

- Iqtisodiyot (biznes tahlil) – 75 ta;

- Menejment (kichik biznesni boshqarish) – 75 ta.

Hujjatlar shu yilning 10 avgustigacha qabul qilinadi.

Telefonlar: (71) 245-42-43, (71) 232-69-29

Qoʻshma taʼlim dasturlariga kirish tartibi qanday?

OʻzR taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2019-yil 4-iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinvolarida ishtirok etadilar;

2-bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.