2018-2019 yilgi o‘quv yilida baliqchilik sohasi bo‘yicha qabul kvotalari kamida 2 marta oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha, baliqchilik tarmog‘ida hanuzgacha ko‘plab kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda, ularni samarali hal etish ishchanlik faolligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, baliq yetishtirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish maqsadida:

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida baliqchilik sohasi yo‘nalishlarida bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasini kamida ikki baravar oshirishni ko‘zda tutadi;

Toshkent davlat agrar universitetida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab “Baliqchilik" yo‘nalishi bo‘yicha kamida 6 nafardan iborat magistratura kursini tashkil etadi.