Maktab bitiruvchilariga 15-iyungacha shahodatnomalari (attestat) topshiriladi


Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida 2019-2020-o‘quv yilini yakunlash hamda o‘quvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan taʼminlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrug‘i eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra:

  • 2019-2020- o‘quv yilining IV choragida o‘tilishi rejalashtirilgan fanlar joriy yilning 25 may kuniga qadar masofadan (onlayn shaklda) yakunlash;
  • istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida o‘quvchilarning yillik baholarini chiqarish;

  • 5 iyunga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholar attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi; 
  • 15 iyunga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)lar elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi; 
  • tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin o‘quvchilarga topshiriladi;
  • attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilguncha qadar barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda umumiy o‘rta taʼlim muassasasida saqlab turiladi;