Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus test qachon o‘tkazilishi ma’lum


O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisga bosh vazir, Davlat komissiyasining raisi Abdulla Aripov raislik qildi. 

Majlisda Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi (I.Madjidov) Xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar respublika oliy ta`lim muassasalarida ta`lim oladigan o‘qitish tili, muayyan ta`lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus (online) test sinovlari joriy yilning 24-25 avgust kunlari o‘tkazilishini tashkil etishi belgilab qo‘yildi.

Tasarrufidagi oliy ta`lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bo‘ysunuvidagi oliy ta`lim muassasalariga xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolarga maxsus test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar)ni o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma`lumotlarni yetkazadi.

Xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o‘qishini respublika oliy ta`lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklashda maxsus (online) test sinovi bo‘yicha o‘tish balli mos oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balliga teng etib belgilandi. 

Mazkur o‘tish ballini to‘play olmaganlar uchun o‘rnatilgan tartibda oshirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul qilish tartibi qo‘llaniladi. 

Tasarrufida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus (online) test sinovi natijalari qaydnomalarini 3 kunlik muddatda oliy ta`lim muassasalarida e`lon qilinishini ta`minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018/2019 o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari tasdiqlangandi.

Manba: kun.uz


Mavzuga doir