Farg‘onada xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun sinov testlari o‘tkaziladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom (http://lex.uz/docs/4441142) ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona davlat universitetining bosh binosida (Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy) 2020 yil 26-iyun kuni sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

“Huquqshunoslik", “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot", “Iqtisodiyot", “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish" hamda “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar" sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

Diqqat! Ushbu ro‘yxatga Farg‘ona viloyatining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda o‘tkaziladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi bo‘lmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.


Mavzuga doir