Fan olimpiadalari g‘oliblariga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qanday imtiyozlar taqdim etiladi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-qaroriga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Shuningdek, quyidagi xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni olgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.

Bular:

  • Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO)
  • Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO)
  • Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO)
  • Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO)
  • Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI)