TATU Qarshi filiali va Belorus davlat texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi


Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali  vakillari Belorus davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida  ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va olimlarni jalb etish to‘g‘risida fikr almashilib, ta’lim dasturlarini tashkil qiladigan modellar ko‘rib chiqildi hamda ikki universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish bo‘yicha maqsad va vazifalari belgilab olindi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tkazilgan muzokaralar natijasida hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Foto:Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuv davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali vakillari Belorussiya davlat texnologiya universitetining kafedra va bo‘limlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Belorussiya davlat texnologiya universitetining «Fizika-kimyo tadqiqot» markazi va universitetning ko‘rgazmalar zali ularda katta taassurot qoldirdi.

 

Manba: xabar.uz