Qozog‘iston bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilinadi


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.