Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavr taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirishda dastlabki imtihonni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida maʼlumot


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavr taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirishda dastlabki imtihonni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida maʼlumot

Abituriyentlarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul qilishning boshlanishi 2020 yil 15 iyundan onlayn ariza orqali amalga oshiriladi. 

5233500 - “Xalqaro iqtisodiyot va menejment", 5210300 - “Siyosatshunoslik", 5240100 - “Yurisprudensiya" kabi bakalavr taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyundagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3795-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Bugungi kundagi pandemiya holatidagi vaziyatdan kelib chiqib, 2020-2021 o‘quv yili JIDU bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihon masofaviy onlayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki imtihondan o‘tish uchun abituriyent quyidagi asosiy bosqichlardan o‘tishi kerak:

1) https://admission.uwed.uz onlayn ro‘yxatdan o‘tish tizimidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish. Ro‘yxatdan o‘tish paytida kerakli bandlarni diqqat bilan to‘ldiring va fayllarni yuklaganingizga ishonch hosil qiling (til guvohnomalari va boshqa imtiyozlar, sertifikat, diplom, yashash manzili bilan pasport, fotosurat).

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, arizangizni PDF formatida yuklab oling, arizaning oxirgi sahifasida dastlabki imtihon bo‘yicha maʼlumotlar ko‘rsatiladi (imtihonning sanasi va vaqti, login, onlayn test tizimining manzili va hk).

2) Imtihon kuni, imtihondan kamida 1 soat oldin, https://admission.uwed.uzsaytidan yuklab olingan arizadagi loginingizdan foydalanib, dastlabki imtihon uchun shaxsiy parolni oling.

3) Imtihon belgilangan vaqtida (arizada ko‘rsatilgan) onlayn test tizimi bo‘lgan https://test2020.uwed.uz saytiga kiring va foydalanuvchi nomi va parolidan foydalanib tizimga kiring.


Shundan so‘ng, IQ testidan o‘ting, chet tilida Esse (insho) va ona tilingizda Esse (insho) yozing.

(IELTS kamida 5,5 ball, TOEFL IBT - kamida 61 ball, shuningdek DAF, GOETN sertifikati, DELF va boshqalar imtihonlar uchun SEFR uslubiga muvofiq B2 darajasi minimal bo‘lgan sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga chet tilidagi esse uchun maksimal ball - 30 ball beriladi).

Dastlabki imtihonning maksimal bali - 100 ball.

Barcha savollar bo‘yicha jami 50 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga Davlat test markazi tomonidan JIDUga qabul qilish uchun belgilangan tartibda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarini topshirilishiga ruxsat beriladi.

Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar ko‘rsatmalarga muvofiq JIDU bakalavriat taʼlim yo‘nalishini Davlat Test Markazi - https://abitur.dtm.uz ro‘yxatdan o‘tish portaliga kirib, tanlashlari mumkin.

Faqatgina dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlargina Davlat test markazining abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tish portali - https://abitur.dtm.uz/ manziliga kirib yo‘riqnoma bo‘yicha JIDU bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini tanlash imkoni beriladi. Shuningdek o‘zlari xohlagan turli OTMlardan JIDU taʼlim yo‘nalishlarini hisobga olganda jami 5ta gacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.

Foydali manbalar:

• Dastlabki imtihon uchun abuturiyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish - https://admission.uwed.uz

JIDU qabul komissiyasining aloqalari

Telegram: @uved_admission

Sall-markaz telefon raqamlari:

(+99871) 267-05-84

(+99871) 267-14-46

• Dastlabki imtihon uchun parol olish - https://admission.uwed.uz

• Onlayn dastlabki imtihon - https://test2020.uwed.uz

• Davlat imtihonlarini topshirish uchun Davlat Test markazi portalida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

- https://abitur.dtm.uz