Apellyatsiya shikoyatlarini qabul qilish boshlandi


Apellyatsiya shikoyatlarini qabul qilish boshlandi

Agar abituriyentlar mandatdan va o‘zining test javoblaridan norozi bo‘lsa, bugundan boshlab apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Abituriyentlar apellyatsiya shikoyatlarini abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirib, onlayn ravishda yuborishlari mumkin.


Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish maxsus komissiya tomonidan 28 sentyabrdan boshlanadi.

Shikoyat yuborgan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga (Toshkentga) kelishi shart.