AKFA universitetiga qabul davom etmoqda. Kontrakt asosida o'qishga kirgan talabalar uchun o'qishni grant asosida davom ettirish imkoniyati yaratildi.


O‘zbekistondagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblangan AKFA universitetiga qabul davom etmoqda. Hujjatlar qabuli 15-iyulga qadar davom etadi.

AKFA universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 100 nafar mahalliy talaba qabul qilish belgilangan.

Qabul jarayonlari qanday bo‘ladi?

Yo‘nalish: Davolash ishi - o‘qish 6 yillik bo‘lib, 2 yil tibbiy tayyorlov kurslari va 4 yil tibbiy kurslaridan iborat. 

AKFA universitetiga qabul online shaklda bo‘lib o‘tadi. Buning uchun siz quyidagi havola orqali hujjat topshirasiz: admission.akfauniversity.org

Kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  • rasm
  • passport
  • diplom yoki shahodatnoma (agar hali berilmagan bo‘lsa, o‘qish joyingizdan shu yili bitiruvchi ekanligiz haqida ma'lumotnoma)
  • IELTS(min 5.5) | TEOFL iBT 55 | IELTS INDICATOR 5.5

Bularni barchasi elektron shaklda online topshiriladi. Bu talablarni bajarmagan abituriyent kirish imtihoniga kiritilmaydi.

Kirish imtihoni 29-iyulda bo‘lib o‘tadi. Talabalar o‘qishga kirish imtihonida to‘plagan ballari asosida qabul qilinadi.

Kirish imtihoni quyida berilgan 3 ta fandan bo‘lib o‘tadi:

  • Matematika
  • Kimyo
  • Biologiya
Har bitta fandan 20 tadan savol, har bir to‘g‘ri javob uchun 5 balldan beriladi.(umumiy 300 ball). Imtihon ingliz tilida va test shaklida bo‘ladi. Testlar yurtimizdagi litsey va kollej, maktab o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.

Kontrakt narxi qancha?

Kontrakt narxi 1 semestr uchun - 29 mln so‘m.

To‘plangan ballga qarab kontrakt narxlarida 10% dan 100% gacha maxsus chegirmalar yaratib beriladi, ushbu chegirmalar faqat birinchi semestr uchun amal qiladi. Agar talaba semestr davomida bilimni yaxshi o‘zlashtirib top 42 talikdan joy olsa 2-semestr uchun ham chegirmaga ega bo‘ladi, ya'ni:

Har semestr oxirida yakuniy imtihonlar va o‘zlashtirishining o‘rtacha balliga qarab 100 talabadan top 42 talikka kirgan talabalar uchun chegirmalar ajratiladi. Bu degani o‘qishga kontrakt asosida qabul qilingan talaba o‘zlashtirishiga qarab keyingi semestrdan o‘qishni grantda davom ettirishi mumkin. Ushbu imkoniyat bo‘yicha batafsil ma'lumot: https://youtu.be/5jzqWT3G9oQ

Bu imkoniyat yurtimizda faqat ushbu oliygohda tashkil etilgan!

AKFA universiteti tashkil etilganiga 1 yil bo‘ldi. Ta’lim maskani yosh bo‘lishiga qaramay, unga xorijlik talabalarning qiziqishi juda baland. Hozirgi kunda AKFA universitetida 152 nafar, xususan, 16 nafar koreyalik talaba tahsil olmoqda. Ularning oliygoh borasidagi fikr-mulohazalarini quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/W9Epqmp9Xro

2021/2022 o‘quv yili uchun Koreya Respublikasining “Gachon Universiteti", “Seul milliy Universiteti" hamda Yaponiya davlatining “Nagoya universiteti“ bilan hamkorlikda farmatsevtika, professional hamshiralikka tayyorlash, radiologiya, stomatologiya bo‘yicha yangi ta'lim yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilmoqda.

Universitet haqida batafsil ma'lumot https://akfauniversity.org/ rasmiy saytidan olish mumkin.

Qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa: + 998 71 200 01 23

Akfa universiteti rektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish: @bekhzoddjalilov

Universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity  

Instagram: @akfauniversity

Youtube: bit.ly/2xoEsUT