Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi


"Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

  • talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
  • davlat organlari xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbari tavsiyasi asosida.

Xorijiy mamlakatlar hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi.