O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashni rad etilishiga sabablar (3-qism)


3-sabab

Qo‘shma taʼlim dasturlarida tahsil olish - xabaringiz bor yurtimizda va xorij mamlakatlari OTMlarida qo‘shma taʼlim dasturlari mavjud. Yaʼni ikki davlat o‘rtasidagi kelishuv asosida ochilgan oliy taʼlim muassasasi yoki fakulteti yoxud taʼlim yo‘nalishi.

Sizda xorij (qo‘shni) mamlakatlardagi OTMlarning qo‘shma fakultetlarida tahsil olayotgan bo‘lsangiz o‘qishingizni ko‘chira olmaysiz

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Rossiya bilan hamkorlikda ochilgan qo‘shma fakultetlar talaygina, shulardan birida o‘qiyotgan bo‘lsangiz o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘ylamang.

Bundan tashqari, yurtimizdagi OTMlarda ham shunday qo‘shma taʼlim dasturlari mavjud, hatto o‘zimizdagi bunday taʼlim dasturlaridan ham o‘qishingizni boshqa joyga ko‘chira olmaysiz. Jumladan, akademik taʼtil olib bir yildan so‘ng boshqa OTMga o‘qishimni tiklab olaman degan xayolga borishingiz ham mutlaqo noto‘g‘ri, bu imkonsiz.

Izoh: Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOMning 9-bandida o‘qishni ko‘chirishni rad etish asoslari keltirilgan.