Milliy rassomchilik va dizayn instituti rektori o‘zgardi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Abbosjon Shodmonovich Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.

Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilindi.