Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari Universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.
«Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi.
Universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2025/2026 o‘quv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari Universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.
Universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan to‘ldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.