Islom bilim yurtlariga kirish imtihonlari vaqti ma’lum qilindi


O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 18 avgust kuni 19:00 da boshlanadi. Bu haqda DTM xabar qildi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

- Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon" markaziy stadioni;

- Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

- Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid" stadioni;

- Buxoro viloyati – “Dilkusho" tennis sport majmuasi;

- Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm" sport majmuasi (1-sektor);

- Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

- Qashqadaryo viloyati – “Nasaf" futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);

- Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.