Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 22-iyulga qadar davom etadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) hamda Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 22-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.