Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” qaror qabul qilindi. Ushbu qaror Adliya vazirligida 2024-yil 29-may kuni 3515-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Muhim jihatlar
-
Qaror 2024-yil 29-maydan kuchga kirgan.
-
Shu sanadan keyin olingan quyidagi sertifikatlar taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilishda inobatga olinmaydi:
-
Teaching Knowledge Test (TKT)
-
Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL)
-
Teaching English as a Foreign Language (TEFL)
-
Teaching English as a Second Language (TESL)
-
Bu qaror xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun muhim oʻzgarish kiritadi. Endi yuqorida sanab oʻtilgan sertifikatlarni olgan shaxslar taʼlim tashkilotlariga o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinishda ustunlikka ega bo‘lmaydi. Vazirliklar bu orqali taʼlim sohasida faqat milliy va xalqaro darajada rasman eʼtirof etilgan sertifikatlarni qo‘llashni maqsad qilmoqda.