Xalq ta'limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olish uchun nomzodlarni saralab olish maqsadida stipendiya tanlovini e'lon qildi.
Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun xalq ta'limi tizimidan nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ro‘yxatga olish boshlandi.
Xorijda doktorantura va magistratura dasturlari doirasida ta'lim olmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 7 oktabr kuni soat 18.00 ga qadar ma'lumotlarini quyidagi havolada keltirilgan shakl orqali taqdim etishlari lozim.
Stipendiya tanlovi talablari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarni eyuf.uz sayti orqali olish mumkin.