"ROBO CODERS 2019" - talabalar uchun dasturlash bo‘yicha tanlov


Mirzo Ulug‘bek Innovatsion markazi tomonidan "ROBO CODERS 2019" tanlovi o‘tkazilmoqda.

 (https://muic.uz/uz/news/muits-sovmestno-s-rezidentom-initsiirovali-konkurs-robo-coders-2019-)Tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar, shu jumladan talabalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda uchta nominatsiya bo‘yicha 9 ta sovrinli o‘rinlar ajratilgan:

- 3 ta birinchi o‘rin (HP 250 G6 i3-6006 4/500 noutbuki);

- 3 ta ikkinchi o‘rin (Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 noutbuki);

- 3 ta uchinchi o‘rin (Xiaomi Redmi Note 5 64 GB smartfoni).

Shuningdek, tanlov yakunlarida quyidagi nominatsiyalarda ham rag‘batlantiruvchi sovrinlar taqdim etiladi:

- Eng tez coder;

- Eng sodda algoritm;

- Eng yosh dasturchi.

Ishtirokchilar 2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraliga qadar www.muic.uz sayti orqali ro‘yxatga olinadi.

Ma’lumot uchun: +998 71 238 99 44