Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim muassasalaridagi individual masalalar uchun +998970362896 Telegram-raqamiga murojaat qilishni so‘radi. Muammo o‘rganilishi uchun murojaat qilgan shaxs anonim bo‘lmay, o‘z ism-familiya, manzili va telefon raqamini qoldirishi talab qilinadi.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ijara va to‘lov-kontrakt masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida OTMlardagi muammolar uchun alohida Telegram-raqam ishga tushganligi ma’lum qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar muammolarini o‘rganish uchun eng sodda usulni yo‘lga qo‘yayotganini aytdi.
"Botga, murojaatga nisbatan oddiyroqdir, lekin mana shu raqamga Telegram-kanal tashkil qilamiz. Men o‘zim ham uni nazorat qilaman, o‘zim ham ulanaman. Faqat bitta shart – murojaat qilgan shaxs anonim bo‘lsa, javob bermaymiz, ko‘rib ham chiqmaymiz. Familiyasi, ismi, kimligi, manzili va telefon raqamini yozadi. Harakat qilamiz telefon qilib javob berishga yoki 10-15ta bir xil yo‘nalishdagi savollar bo‘lsa, shu muammoni hal qilib qo‘yamiz, shu javob bo‘ladi", – dedi vazir.