Umid so‘nmoqdami? O‘qishga hujjat topshirish keskin pasaydi


Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948 211 nafarni tashkil etgan. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

Ta’lim shakllari bo‘yicha:

Kunduzgi ta’lim shakli – 479 627 nafar;

Sirtqi ta’lim shakli – 435 995 nafar;

Kechki ta’lim shakli – 32 589 nafar.

Tillar kesimida:

O‘zbek tili – 804 660 nafar;

Rus tili – 109 232 nafar;

Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;

Boshqa tillar – 2 857 nafar.

Ma’lumot uchun, 2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni 1 484 085 nafarni tashkil etgandi. Demak, bu yil ro‘yxatdan o‘tganlar soni o‘tgan yilgidan yarim million kam bo‘lgan. Odatda har yili o‘sish kuzatilardi.