Bugun ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mazmundagi xabarlar tarqala boshladi: "Aytishlaricha Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz" pavilyonlarida ham koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, kasallika chalingan bemorlarni joylashtirish uchun koyka-o‘rinlar hozirlanmoqda ekan."
Va bunga ilova sifatida foto rasmlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Barcha tavirlar ExoUzbekistana telegram kanalidan olingan
Maʼlumot uchun Toshkent shahridagi «O‘zEkspoMarkaz»ning 7 ta pavilyonida test o‘tkazish mo‘ljallangan. Agar ushbu pavilyonlar vaqtinchalik kasalxonaga aylantirilsa, test imtihonlari ortga suriladimi? Tez orada masʼullar bunga javob berishadi degan umiddamiz.