TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA TAHSIL OLISHGA TAKLIF ETADI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI

2020-2021 O‘QUV YILIDA QUYIDAGI TA’LIM YO‘NALISHLARIDA IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA TAHSIL OLISHGA TAKLIF ETADI


KUNDUZGI VA KEChKI TA’LIM ShAKLLARIDA:

  • 5120100 Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha) 

KUNDUZGI, KEChKI VA SIRTQI TA’LIM ShAKLLARDA: 

  • 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 
  • 5120500 Sharq falsafasi va madaniyati
  • 5210300 Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)
  • 5231000 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

BUNING UChUN OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLAR:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga 2020 YIL 20 IYULDAN 20 AVGUSTGA qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, hujjatlar universitet rasmiy vebsayti uz orqali qabul qilinadi.

ON-LINE QABUL


Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish to’g’risidagi Nizom

QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILADI:

  • Rektor nomiga ariza(matn oxiridagi namunaga qarang); 
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi nusxasi(xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
  • Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
  • Diplom, uning ilovasi, pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat universitetga qabul qilish buyrug`i chiqarilishidan oldin oliy ma’lumotli mutaxassis tomonidan shaxsan ko‘rsatiladi va 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat taqdim etiladi.
 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib: 

  • Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha kiruvchining birinchi ma’lumoti bilan taqqoslangan holda, o‘quv rejalari va dasturlaridagi farqlarni aniqlab, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘qish kursini belgilaydi(birinchi yoki ikkinchi kursga); 
  • Kiruvchining tegishli kursda o‘qishi uchun o‘quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini belgilay di;
  • Ikkinchi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kiruvchilarni talabalar safiga qabul qilish qabul komissiyasi qaroriga asosan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng 15 sentyabrdan kechiktirilmay Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha o‘quv jarayoni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalda kadrlar tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakli bo‘yicha, shuningdek, talaba qabul qilingan kursga oid amaldagi normativ-uslubiy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:

71-233-34-28, (95) 515-15-05