Toshkent davlat pedagogika universiteti viloyatdan kelgan abituriyentlardan hujjat qabul qilmoqdami?


Turli aloqa messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Viloyatdan kelgan abituriyentlar Toshkent davlat pedagogika universiteting qabul komissiyasi tomonidan o‘z viloyatiga qaytarilayotgan ekan, shu rostmi?" qabilidagi murojaatlar ko‘paymoqda.

Biz (ABT.UZ sayti ma’muriyati) shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasida (telefon raqami: 0(371) 256 75 00) faoliyat yuritayotgan, abituriyentlar va ularning ota- onalari murojaatlari bilash ishlash uchun mas’ul kotib, Muzaffar Esonovga shu savol bilan murojaat qildik. Muzaffar Esonov abituriyentlardan odamlar orasida tarqalgan ushbu mish- mishlarga umuman e’tibor bermaslikni, Toshkent davlat pedagogika universitetida Respublikamizning barcha hududidan abituriyentlar muammosiz qabul qilinishini ta’kidlab o‘tdi.

HURMATLI ABITURIYENTLAR, Toshkent davlat pedagogika universitetiga hujjat topshirishda qandaydir sun’iy to‘siqlarga duch kelsangiz, oliygohning qabul komissiyasiga telefon qilishingizni so‘raymiz: 0(371) 256 75 00)

Toshkent davlat pedagogika universitetiga abituriyentlardan hujjat qabul qilish uchun beshta dislokatsion nuqta (hudud) tashkil etilgan bo‘lib, qabul komissiyasining ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib ( 0(371) 256 75 00), hujjat topshirayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha qabul hududini aniqlashtirib olishingizni maslahat beramiz.

ESLATIB O‘TAMIZ:
1. Qabul komissiyasi abituriyentlardan harbiy xizmatni kechiktirish haqidagi ma’lumotnoma (отсрочка) so‘rashga HAQLI EMAS, faqatgina harbiy hujjatni (прописной) ko‘rsatish yetarli! (batafsil bu yerda)

2. Qabul komissiyasi rus tilli ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarni rus tilidan imtihon qilishga HAQLI EMAS(batafsil bu yerda)