TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlariga oʻzgartirish kiritildi


TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlari 4 ta ko‘nikmaga asoslangan hamda maksimum ball 120 ga teng edi.

Yangi baholash bo‘yicha 1–6 ballgacha baholanadi.

Ya’ni talabgorlarga umumiy yig‘indi ballning o‘zi emas, IELTS kabi 1–6 gacha bo‘lgan maxsus ko‘rsatkich balli beriladigan bo‘ldi.

Endi TOEFL har bir bo‘lim uchun 1.0 dan 6.0 gacha ball tizimini qo‘llaydi, bu ballar 0.5 band oralig‘ida olinadi (masalan, 1.0, 1.5, 2.0 … 6.0). Har bir bo‘lim — Reading, Listening, Speaking va Writing — o‘z alohida ballini oladi. Imtihonning umumiy balli esa to‘rt bo‘lim ballarining o‘rtacha qiymati bo‘yicha, eng yaqin 0.5gacha (half-band) yaxlitlanadi.

Masalan: Reading — 5.0, Listening — 4.5, Speaking — 5.0, Writing — 4.5 bo‘lsa, o‘rtacha 4.75 bo‘lib, yakuniy ball 4.5 deb beriladi.

TOEFL iBT (yangi 1–6) va eski (0–120) taxminiy moslik jadvali

Total (1–6) Reading Listening Writing Speaking Est. Total (0–120)
6 29–30 28–30 29–30 28–30 114+
5.5 27–28 26–27 27–28 27 107+
5 24–26 22–25 24–26 25–26 95+
4.5 22–23 20–21 21–23 23–24 86+
4 18–21 17–19 17–20 20–22 72+
3.5 12–17 13–16 15–16 18–19 58+
3 6–11 9–12 13–14 16–17 44+
2.5 4–5 6–8 11–12 13–15 34+
2 3 4–5 7–10 10–12 24+
1.5 2 2–3 3–6 5–9 12+
1 0–1 0–1 0–2 0–4 0+

Bu yangilanish til o‘rganish darajasini baholaydigan xalqaro standart — CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash maqsadida amalga oshirildi.

2026-yil 21-yanvardan 2028-yilgacha bo‘lgan o‘tish davrida imtihon natijalarida yangi 1–6 shkala bilan birga eski 0–120 tizimi bo‘yicha ham ball ko‘rsatiladi.

Old Total (0–120) New Scale (1–6) CEFR Level Description
114–120 6.0 C2 Mastery
107–113 5.5 C1–C2 Advanced–Mastery
95–106 5.0 C1 Advanced
86–94 4.5 B2–C1 Upper Intermediate–Advanced
72–85 4.0 B2 Upper Intermediate
58–71 3.5 B1 Intermediate
Below 58 Below 3.5 A2–B1 Basic

Ma’lumot uchun, TOEFL iBT jami uch soat davom etadi. Bu vaqt ichida test topshiruvchi 4 ta ko‘nikma: Reading, Writing, Speaking, Listening bo‘yicha imtihon topshiradi.

Har bir bo‘lim bo‘yicha vaqt chegarasi:

  • Speaking: 17 daqiqa

  • Writing: 50 daqiqa

  • Reading: 54–72 daqiqa

  • Listening: 41–57 daqiqa

Eslatib o‘tamiz, TOEFL iBT quyidagi holatlarda inobatga olinadi:

  • akademik litseylarga kirishda

  • oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda

  • xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda

  • ta’lim tizimidagi pedagog xodimlarga ustama belgilashda