Texnikumni tugatganlar imtihonsiz 2-kursdan OTMlarga qabul qilinadi


Hozir ayni shu toifaga kiruvchi abituriyentlar uchun qabul davom etyapti. Bu toifadagi abituriyentlar hujjatlarini 5-iyuldan 25-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishi mumkin.

Kimlar suhbat asosida o‘qishga kira oladi?

Texnikum bitiruvchisi bu imtiyozdan foydalanish uchun uning baholari "4", "5" bo‘lishi, kamida 50 foizi esa faqat "5" bo‘lishi lozim. Tibbiyot texnikumlarini tugatadiganlarning esa kamida 85 foiz bahosi "5" bo‘lishi kerak.

5-avgustgacha talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularga shaxsiy kabinetdan javob beriladi. 10-avgustdan 25-avgustgacha esa suhbat bo‘lib o‘tadi.

Suhbatdan o‘tganlar to‘lov-shartnoma asosida 2-kursdan boshlab o‘qishga qabul qilinadi.