My.oliygoh.uz My.oliygoh.uz Hujjat topshirish

Test sinovlari 14–23-iyul kunlari o‘tkaziladi


2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulgacha davom etadi.

Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 664 609 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan.

Test sinovlari kuniga 2 smenada, yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelish talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

Abituriyentlar ruxsatnomani oldindan yuklab olib, qog‘ozga chop etib qo‘yishlari lozim.

Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzildagi binoda, belgilangan sana va smenada test sinovida ishtirok etadi.

Boshqa hudud, boshqa kun yoki boshqa smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Test sinoviga kirish uchun abituriyentda pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasi bo‘lishi shart.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

Shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlar ham test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli abituriyentlarga test kuni ruxsatnoma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va belgilangan kelish vaqtiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.