Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha mezonlar tasdiqlandi


Mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi - 3 ta majburiy fan va bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Qayd qilish joiz, mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi.

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) - 10 ta savol;

- Matematika - 10 ta savol;

- O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol;

30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93,0 ball

2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63,0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2023/2024 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test savoli beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189.